Naff.uz jamoasiga qo‘shiling!

Telefon va texnika savdosi bo‘yicha faol rivojlanayotgan kompaniyada sotuv menejeri bo‘lib ishlash imkoniyati.

Vakansiya bo‘yicha bog‘lanish

Naff haqida

Naff.uz — telefon, kompyuter, aksessuar va maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniya. Biz mijozlarga qulay shartlarda mahsulot tanlash, maslahat berish va bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish imkoniyatini yaratamiz. Jamoamizda sotuvni o‘rganish, tajriba orttirish va daromadni oshirish uchun real imkoniyatlar mavjud.

Nega aynan Naff?

O‘sish imkoniyati

Yangi kelgan xodimlarga ish jarayoni o‘rgatiladi va yaxshi natija ko‘rsatganlar tez o‘sish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yaxshi daromad

Oylik daromad sotuv natijasiga bog‘liq. Faol va kuchli sotuvchilar yuqori daromad qilish imkoniyatiga ega.

Zamonaviy yo‘nalish

Telefon va texnika bozori doim talab yuqori bo‘lgan soha. Bu yerda sotuv ko‘nikmalarini kuchaytirish mumkin.

Jamoaviy muhit

Bizda natijaga intiladigan, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan va rivojlanishga tayyor jamoa shakllangan.

Sotuv menejeri nima qiladi?

Sotuv menejeri Naff kompaniyasida mijozlar bilan ishlaydi, ularga mahsulotlar haqida ma’lumot beradi va xarid qilish jarayonida yordam beradi.

Kimlar bizga mos?

Faol insonlar

Gapirishni, mijoz bilan muloqot qilishni va natija olishni yoqtiradigan nomzodlar.

O‘rganishga tayyorlar

Tajriba bo‘lmasa ham, o‘rganishga va o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lganlar.

Daromadga intiluvchilar

Oddiy oylik emas, harakati orqali ko‘proq daromad qilishni xohlaydigan insonlar.

Daromad imkoniyati

Naff’da sotuv menejerlari daromadi natijaga qarab shakllanadi: fix + foiz + bonus tizimi mavjud. Yaxshi sotuv qiladigan menejerlar yuqori oylik daromadga chiqishi mumkin.

Vakansiya bo‘yicha bog‘lanish

Agarda siz Naff jamoasida ishlashga qiziqsangiz, biz bilan bog‘laning.

Telefon qilish Telegram orqali yozish